Samarqand viloyati Narpay tumanida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida bir ayol va uning ikki voyaga yetmagan farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, u uyni isitish uchun tezak ishlatgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Guliston tumanida Milliy gvardiya xodimlari xonadonlardan birida is gazidan zaxarlanish oqibatida karaxt xolda bo‘lgan 3 nafar bolani qutqarib qoldi.
Samarqand viloyatida 10 kunda is gazidan zaharlanish oqibatida 8 kishi vafot etgan. Ularning 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Yana 1 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, viloyatda oktabr oyining boshidan buyon 128 ta aholi uylarida turli ko‘lamli yong‘inlar sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonda 2020 yilda 70 ta is gazidan zaharlanish holatlari sodir bo‘lib, jarohat olganlar soni 66 tani, vafot etganlar soni 91 tani tashkil qilgan.
Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanish oqibatida 4 kishi vafot etdi, 1 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Xorazmda choyxona egasi, turmush o‘rtog‘i va bir farzandi gaz o‘chog‘idan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ikki farzandi kuchli zaharlangan.
Samarqand viloyatida bir oilaning barcha a’zolari zaharlandi. Hodisa oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi.
Xorazm viloyatida 4 kishi is gazidan zaharlandi. Oqibatda 31 yoshli ayol va uning 10 yoshli qizi vafot etdi.
Buxoro viloyatida 29 yoshli ayol, uning 6 va 2 yoshli farzandlari is gazidan zaxarlanish tufayli hosil bo‘lgan nafas va yurak qon tomiri yetishmovchiligidan vafot etdi.
Qarshidagi xususiy o‘quv markazlaridan biriga tegishli yotoqxonada gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik tufayli is gazidan 13 nafar o‘smir zaharlandi.
O‘zbekistonda yil boshidan beri is gazidan zaharlanish va gaz chaqnashi oqibatida 106 nafar fuqaro vafot etgan. Prezident FVVning Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yil boshidan beri is gazidan zaxarlanib 61 nafar fuqaro, gaz chaqnashi oqibatida esa 19 nafar fuqaro vafot etganligi qayd etildi.
Navoiy viloyatidagi uylarning birida is gazining sizib chiqqanligi natijasida aka-ukalar zaharlanib, vafot etdi.
Qish mavsumi yaqinlashgani sari yurtimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish, hattoki o‘lim holatlari ko‘payadi. Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, qish arafasida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari ko‘rilishi kerak — «Gazeta.uz» yurtdoshlarimizni ogohlantiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting